03 iyu 18:29
Yangiliklar
Futbol

Rasman. Yaya Ture Xitoyning quyi divizionidagi klubga o'tdi
"Barselona" va "Manchester Siti"dagi o'yinlari bilan tanilgan Yaya Ture Xitoyning 2-divizionida ishtirok etadigan klub bilan shartnoma imzoladi.
Bu klub Xitoyning quyi divizionida etakchilik qilayotgan "Cindao Xaynyu"dir. SHartnoma muddati hamda moliyaviy bandlar bo'yicha malumot berilmayapti.
Ivuarlik futbolchi terma jamoa tarkibida 100 dan ortiq o'yinlarda qatnashgan. U shuningdek, Afrikaning 4 karra eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Futbolchi faoliyati davomida "Beveren", "Metallurg", "Olimpiakos", "Monako", "Barselona" va "Manchester Siti" klublari sharafini himoya qilgan.
Havola :
Fikrlar