28 may 16:03
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Yuventus" Pirloning istefosini elon qildi
"Yuventus" Andrea Pirloning bosh murabbiylikdan istefoga chiqarilganini elon qildi.
"Maestroga jasorat, maqsadga sodiqlik, har kuni ko'rsatilgan ehtiros uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Yurakdan Andreaga kelajakda barcha ajoyib narsalarni tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.
42 yoshli mutaxassis Turin klubini 2020/21 yilgi mavsum boshidan beri boshqarayotgandi. "Yuve" u bilan Kubok va Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi va A Seriyada 4-o'rinni egalladi.
Pirloning o'rniga Allegrining kelishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar