04 iyu 20:05
Yangiliklar
Rasman: Zinchenko – “Manchester Siti” futbolchisi!
Zinchenko o'tgan mavsumni Rossiya Premer-ligasi vakili “Ufa” jamoasi safida o'tkazgan edi. Yarim himoyachi bilan 5 yillik shartnoma imzolangani aytilmoqda.
Lekin
katta ehtimol bilan Zinchenko “shaharliklar” tarkibida mavsumni boshlamaydi. “Manchester
Siti” rahbariyati futbolchini o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa klublarga ijaraga
beradi.
Eslatib
o'tamiz, o'tgan mavsumda 19 yoshli Zinchenko Rossiya chempionatida 24ta uchrashuvda maydonga
tushib, 2ta gol kiritishga va 4ta golli uzatmani berishga muvaffaq bo'ldi. Zinchenko
mavsumlar oralig'ida “Manchester Siti” safiga kelib qo'shilgan uchinchi futbolchiga
aylandi. Unga qadar Ilkay Gyundogan va Nolito ham “shaharlik”ka aylangan edi.
Fikrlar