So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

09 dek 12:42
Yangiliklar

Futbol

Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi

Mavsum yakunlanganidan so'ng biroz hordiq chiqarish uchun tanaffusga chiqqan “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Xabaringiz bor superliganing 2-davrasida “Qo'qon-1912” jamoasiga vaqtincha bosh murabbiyi etib Aziz To'xtaboev tayinlangan edi. Aziz To'xtaboev o'ziga bildirilgan ishonchni oqlab jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqdi hamda “Qo'qon-1912” jamoasini superligada o'z o'rnini saqlab qolishida o'zining munosib hissasini qo'shdi. SHuningdek jamoning natijalariga o'zining qimmatli maslahatlari hamda tajribasi bilan yordam bergan Timur Kapadzega ham jamoa rahbariyati nomidan minnatdorchilik izhor qilamiz, - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati. 

Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorlanishni maqsad qilgan “Qo'qon-1912” jamoasiga bugun yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamoa rahbariyati o'zaro muzokaralardan so'ng yana bir Qo'qon farzandi, o'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi yorqin yulduzlaridan biri Baxtiyor Ashurmatovni “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Bugun jamoa ofisida “Qo'qon-1912” klubi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov hamda Baxtiyor Ashurmatov o'zaro shartnomaga imzo chekdilar. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing