04 iyu 22:59
Yangiliklar
Futbol

Rasmiy xabar: Buffon UYGA qaytdi!
Italiyalik mashhur darvozabon Janluijji Buffon "Yuventus"ga qaytdi.
41 yoshli Jiji erkin agent sifatida "Yuventus" bilan 2020 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. U katta ehtimol bilan Voycex SHesnining o'rinbosari sifatida mavsumni o'tkazadi.
"Yuventus"ning taklifini rad eta olmasdim. O'z o'yimga qaytdim", - deb yozdi Buffon o'z tvitteriga.
41 yoshli Buffon 2001-2018 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan. U ushbu klub safida 656 o'yinda qatnashib, 518 gol o'tkazib yuborgan. Bufon klub tarkibida 7 bora Italiya chempionligi, to'rt Italiya Kubogi va 5 Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan.
Havola :
Fikrlar