24 noy 22:44
Yangiliklar
Futbol
Rasmiy xabar: Mikael Sekeyra "Lokomotiv"dan ketdi
Ushbu mavsum "temiryo'lchilar"ni boshqargan Mikael Sekeyra "Lokomotiv" PFK bilan o'zaro kelishgan holda jamoani tark etdi.
Portugaliyalik mutaxassis bugun tunda o'z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum jamoamizni boshqargan Mikael Sekeyra vataniga ketish oldidan jamoa azolarini bir joyga yig'ib, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi.
O'z navbatida klubimiz rahbariyati ham portugaliyalik murabbiy shaniga iliq fikrlar aytib, yakuniga etayotgan mavsum uchun tashakkur izhor qildi. "Lokomotiv" PFK Mikael Sekeyraga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.
Havola :
Manba : "Локомотив" матбуот хизмати
Fikrlar