So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

22 may 13:15
Yangiliklar

Futbol

Rasmiy xabar: No'mon Hasanov istefoga chiqarildi

“Qo'qon-1912” futbol klubida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanov o'z arizasiga binoan istefoga chiqdi. Jamoani vaqtinchalik Aziz To'xtaboev boshqarib turadi.

No'mon Hasanov 2016 yilning 2-davrasida "Qo'qon-1912"ni juda qiyin vaziyatda qabul qilib olgan edi. Tajribali murabbiy “Qo'qon-1912” jamoasini qiyin bo'lgan vaziyatda , kuchlilar safida olib qolishni uddmasidan chiqdi. Qolaversa No'mon Hasanov murabbiylik qilgan davrda juda ko'plab yutuqlarga erishildi -  2017 va 2019 yillarda Farg'ona viloyat hokimi kubogi g'olibi bo'ldi.

SHuningdek 2017 yilda Qo'qon futboli tarixidagi eng uzoq mag'lubiyatsiz seriya takrorlandi. Jamoa 2-turdan 13-turgacha 11ta o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmadi. “Qo'qon-1912” jamoasi Toshkentda vatanimizni grand jamoalari “Paxtakor” , “Lokomotiv” jamoalaridan ochko tortib olishga erishdi. “Bunyodkor” jamoasi o'z maydonida mag'lub etildi.

No'mon Hasanov davrida “Qo'qon-1912” futbol klubidan O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari tarkibiga 3 nafar futbolchi taklif qilindi hamda bu futbolchilar Osiyo miqyosidagi yirik halqaro musobaqalarda vatanimiz shanini munosib himoya qilishdi. No'mon Hasanov murabbiylik faoliyati davomida yosh futbolchilarni tarbiyalashga ham jiddiy etibor qaratdi.

Jumladan, Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov kabi futbolchilar nafaqat “Qo'qon-1912” futbol klubining balki O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining ham asosiy futbolchilari bo'lib etishishida bosh murabbiyning xizmatlari katta bo'ldi. No'mon Hasanov "Qo'qon-1912"ga bosh murabbiy bo'lib kelgan vaqtda asosiy maqsadi qo'qonlik futbol muxlislarini stadionga qaytarish ekanligini takidlagan edi. 

Darhaqiqat, o'tgan mavsumlarda Qo'qondagi “Markaziy” stadioni muxlislar bilan to'lib toshdi. “Qo'qon-1912” jamoasi o'z muxlislariga juda ko'plab quvonchli va hayajonli daqiqalarni hadya qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing