28 sen 16:27
Yangiliklar
Futbol

Rasmiy xabar: O'zbekiston MTJ noyabr oyida Dubayda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichiga tayyorgarlik jarayonini reja asosan noyabr oyidagi FIFA kunlarida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.
BAAda tashkil etiladigan mazkur yig'in doirasida terma jamoamiz azolari ikkita xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Vadim Abramov boshchiligidagi Milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Dubayda o'tadigan mashg'ulotlar davomida terma jamoamiz shuningdek Iroq vakillari bilan kuch sinashadi. Mazkur o'rtoqlik o'yini 17 noyabr sanasiga rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : ЎФА матбуот хизмати
Fikrlar