27 sen 15:55
Yangiliklar
Futbol

Rasmiy xabar: O'zbekiston oktyabr oyida Malayziya va Iordaniya bilan o'ynaydi
OFK kalendariga muvofiq, oktyabr oyi avvalida milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.
Yig'in davomida Srechko Katanec shogirdlari 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar