10 jan 15:10
Yangiliklar
Futbol

Rasmiy xabar: "Paxtakor" Yurica Bulyat bilan shartnoma imzoladi
"Paxtakor" xorvatiyalik himoyachi Yurica Bulyatni tarkibiga qo'shib oldi.
31 yoshli himoyachi "sherlar" bilan yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga
imzo chekdi. U o'tgan yili oliy ligada "Bunyodkor" sharafini himoya qilgandi.
Faoliyati mobaynida Bulyat Xorvatiyaning "Zadar" va "Xayduk", Isroilning
"Makkabi", Germaniyaning "Energi" va Ukrainaning "Metallist" jamoalarida
ham to'p tepgan.
2012 yilgi Evropa chempionati final bosqichida Xorvatiya
terma jamoasi bilan ishtirok etgan. Xorvatiyalik himoyachining
klubdagi faoliyati omadli chiqishi va u "Paxtakor" bilan sovrinlarga
ega chiqishiga umid qilamiz.
Yurica Bulyat
Tug'ilgan sanasi: 19.09.1986
Tug'ilgan joyi: Zadar, Xorvatiya
Ampluasi: himoyachi
Havola :
Manba : pakhtakor.uz
Fikrlar