27 iyu 07:27
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Ermatov Issiqko'lda dam olmoqda
O'zbekistonlik FIFA referisi, Jahon chempionatlarida jami 11ta uchrashuvni boshqargan sayyoramizdagi yagona hakam Ravshan Ermatov tatilni Issiqko'lda o'tkazmoqda.
Ermatov Qirg'izistonga Abduhamidullo Rasulov, SHerzod Qosimov va Sanjar SHoyusupov kabi hakamlar hamda otasi nazoratchi Sayfiddin Ermatov bilan birga keldi. Ularni sobiq qanot hakami Bahodir Qo'chqorov mehmon qilmoqda.
«Ravshan 10 yildan buyon muntazam ravishda Issiqko'lga keladi. Bu chiroyli ananaga ham aylanib qoldi. Bu yil u oilasi va yaqinlari bilan keldi. Jami 35 nafar odam», - deydi Qo'chqorov Sport AKIpress nashriga.
Ermatov Rossiyadagi mundialda ikkita o'yinda ishlab o'zining Jahon chempionatlaridagi o'yinlari sonini 11taga etkazib oldi. Bu dunyo rekordi hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar