So’nggi yangiliklar

09:18Тошкентда таэквондо бўйича Жаҳон чемпионати старт олди, бугун уч нафар ҳамюртимиз медаль учун баҳс юритади 0 08:56UFC 327. Марказий чемпионлик жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 08:38UFC 327. Co-main event жангда техник нокаут қайд этилди 0 08:05Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0 22:43"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижага яқинлашяпти 0 18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0 17:41"Бавария”, "Ливерпуль” ва "Арсенал" Гордон учун даъвогарлик қилмоқда 0 17:20Тимофеева Руандаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 16:59Илия Топурия: "Махачев билан жанг барибир бўлади. Бунга умид қиламан" 0 16:38Дана Уайт: "Биз бу жангда хавфсизлик чораларини кучайтиримиз — беҳазил" 0 16:17“Монако” "Барселона"дан Фатини харид қилмоқчи 0 15:56Полина Кудерметова финал остонасида уч сетлик учрашув ўтказди 0 15:35Тайсон Фьюри: "Отам олти йил олдин мен фаолиятимни тугатишимни истаган" 0 15:14Илия Топурия нега ижтимоий тармоқларда ММА рекордини ўзгартириб кўрсатишини тушунтирди 0

05 iyu 10:05
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Ermatov JCHdagi ishtirokini yakunladi. U Rossiyadagi musobaqada qancha pul ishlab oldi?

FIFA JCH-2018ning keyingi o'yinlarida ishlamaydigan hakamlar nomini elon qildi.

Mundialda 17 nafar hakam ishini davom ettiradi, afsuski ular orasida o'zbekistonlik Ravshan Ermatov yo'q.

JCH-2018da quyidagi hakamlar ishlashda davom etishadi: Alirizo Fag'oni (Eran), Navaf Abdulla SHukralla (Bahrayn), Malang Dediu (Senegal), Jenni Sikazve (Zambiya), Mark Geyger (AQSH), Jeyr Marrufo (AQSH), Sesar Arturo Ramos (Meksika), Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya), Mettyu Kondjer (Yangi Zelandiya), Jyuneyt CHaqir (Turkiya), Born Kuypers (Gollandiya), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya).

Eslatib o'tamiz, Ermatov Rossiyadagi mundialda Argentina – Xorvatiya (0:3) va Ispaniya – Marokash (2:2) uchrashuvlarida ishladi.

Jahon chempionatlarida 11ta o'yinda bosh hakam bo'lgan Ermatov mutloq rekordchi hisoblanadi.


Ravshan Ermatov va uning brigadasi JCH-2018da qancha pul ishlab oldi?

Jahon chempionati boshlanmasidan avval Marca nashri hakamlar qanchadan pul olishlari haqida xabar tarqatgandi.

Mundialga borgani uchun Ermatov 57 ming evro pul oldi. Bundan tashqari har bir uchrashuv uchun 2 500 evrodan pul beriladi. Ermatov JCH-2018da ikkita o'yinni boshqarganini hisobga olsak 57000 evroga qo'shimcha tarzda 5000 evro ham ishlab topdi. Demak, bosh hakam Rossiyadagi musobaqada jami 62000 evro ishladi.

Qanot hakamlari musobaqa uchun 20 ming evro va har bir o'yin uchun 1 600 evro pul olishdi.

Demak Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovning har biri Jahon chempionati paytida 23200 evrodan pul ishlab topishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing