So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

15 dek 14:14
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Ermatov "Real" ishtirokidagi JCH finalida ishlaydi

Teglar :  ErmatovReal
Ertaga, 16 dekabr kuni klublar o'rtasidagi Jahon chempionati final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda Braziliyaning "Gremio" va Ispaniyaning "Real Madrid" klublari to'qnash kelishadi. FIFA bu o'yinga hakamlarni tayinladi.

Unga ko'ra meksikalik Sezar Ramos boshchiligidagi hakamlar hal qiluvchi bahsda ishlashadi. Qanotlarda Marvin Torrentera va Migel Ernandez harakat qilishsa, zaxira hakami sifatida o'zbekistonlik Ravshan Ermatov ishlaydi. Yana bir o'zbekistonlik hakam Jahongir Saidov ushbu bahsda videoassistent bo'ladi.

SHu tariqa, Ermatov o'z faoliyatida to'rtinchi marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finalida ishlaydigan bo'ldi.

2008 yil Ekvadorning "LDU Kito" va Angliyaning "Manchester Yunayted" klublari o'rtasidagi finalda Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida ilk bor klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining hal qiluvchi o'yinida ishlagandi.

2009 yilda Argentinaning "Estudiantes" va Ispaniyaning "Barselona" o'rtasidagi finalda Ermatov to'rtinchi hakam bo'lgan.

2011 yilda Braziliyaning "Santos"  va Ispaniyaning "Barselona" klublari o'rtasida o'tgan bahsda hamyurtimiz bosh hakam vazifasini bajargan.



"Real Madrid" (Ispaniya) - "Gremio" (Braziliya)

16 dekabr 2017. Abu-Dabi. "Zayed Sports City" stadioni. 22:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Sezar Ramos (Meksika)
Qanot hakamlari: Marvin Torrentera va Migel Ernandes (ikkisi Meksika)
Zaxira hakami: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Videoassistent hakamlar: Mark Geyger (AQSH), Jahongir Saidov (O'zbekiston), Feliks Cvayer (Germaniya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing