21 noy 11:52
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqaradi
O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalar va o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga jalb qilinayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Jumladan, kecha Yaponiyada bo'lib o'tgan Yaponiya - Qirg'iziston o'rtoqlik uchrashuvini o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishdi. To'rtinchi hakam sifatida Ravshan Ermatov harakat qildi. Uchrashuvda Yaponiya terma jamoasi 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
SHuningdek, Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqarishi ham malum bo'ldi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Final o'yini 25 noyabr kuni «Beyczin Goan» va «SHandun Lunen» jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar