So’nggi yangiliklar

10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0

16 avg 20:37
Yangiliklar

Futbol, Osiyo o'yinlari

Ravshan Haydarov: Barchani minimal vazifa bajarilgani bilan tabriklayman

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarga qarshi bahsda 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuv yakunlangach terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

«Avvalambor oldimizga qo'yilgan minimal vazifa bajarilgani bilan barchani tabriklayman. O'yin uchun tuzgan barcha rejalarimiz amalga oshdi. Birinchi turdan so'ng Qatar terma jamoasi o'yinini tahlil qildik va to'g'ri taktika tanlay oldik. Ko'rib turganingizdek, bu hisobda ham aks etdi», – dedi terma jamoamiz ustozi.

SHuningdek, terma jamoamiz azosi Rustam Ashurmatov ham uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«O'zbekistondan tashrif buyurgan ko'plab ommaviy axborot vositalari xodimlarini ko'rib juda xursand bo'ldik. Buni kutmagandik. Hammangizga alohida rahmat aytib o'tmoqchimiz. O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, bahs bizning nazoratimiz ostida o'tdi. O'yin davomida o'ylab qo'ygan rejalarimizni amalga oshirdik. Navbatdagi uchrashuvlarda ham shu tempda harakat qilamiz va o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz», – dedi futbolchi.

Qayd etib o'tish lozimki, ushbu g'alaba orqali futbolchilarimiz muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qila olishdi. Terma jamoamiz guruhdagi so'nggi uchrashuvni 19 avgust kuni Tailand terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing