21 may 16:19
Yangiliklar
Futbol

Rayola Xolandning yozda "Borussiya"dan ketishi borasidagi savolga javob berdi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola mijozi haqida gapirdi.
"Xoland o'sishi kerak bo'lgan joyda. U yana "Borussiya" klubida imkon qadar uzoq vaqt qoladi.
Erling o'yinchining qanchalik tez o'sishi borasidagi barcha fikrlarini buzib yuboradi. Turli mish-mishlarga qaramay, uni yozda "Borussiya"dan ketadi deb o'ylamayman", - deydi Mino Rayola.
19 yoshli norvegiyalik forvard "Borussiya"ga qishda "Zalcburg"dan 20 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.
Havola :
Fikrlar