So’nggi yangiliklar

14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0

07 iyu 20:57
Yangiliklar

Sport kurashlari

Razambek Jamalov Budapesht turniri g'olibiga aylandi! Bekzod Abdurahmonov esa...

Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo'yicha xalqaro turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida -74 hamda -86 kg toifalarida erkin kurashchilarimiz gilamga ko'tarildi.

-74 kg vazn toifasida delegaciyamiz hisobiga Olimpiada licenziyasini olib bergan Bekzod Abdurahmonov musobaqani chorak finaldan boshladi. U ilk jangida kanadalik Adam Tomsonni mag'lubiyatga uchratdi. Yarim final bellashuvida esa Abdurahmonov mezbon yurt sportchisi Murad Kuramagomedovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHundan so'ng, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov qirg'izistonlik Orozbek Toktomambetovga qarshi bronza medali uchun kechadigan bellashuvda gilamga chiqmadi va g'alaba qirg'izistonlik sportchiga berildi.

Ushbu vaznda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan yana bir sportchi - Razambek Jamalov esa ilk davrada venesuelalik Kris Monteroni, chorak finalda gruziyalik Georgiy Elbakidzeni mag'lub etdi. Yarim finalda esa sportchimiz eronlik Ali Abbos Rezaiguzgelega hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Jamalov final bellashuvida Bekzod Abdurahmonovni yarim finalda qoldirib ketgan Vengriya vakili Murad Kuramagomedovni 7:3 hisobida taslim etib, musobaqa g'olibiga aylandi. Avvalroq, aynan ushbu musobaqa orqali Parij Olimpiadasida -74 kg vazn toifasida  terma jamoamiz sharafini kim himoya qilishi oydinlashishi mumkinligi xabar qilingan edi.

-86 kg vazn toifasida terma jamoamiz azosi Boburjon Islomov ham yarim finalda mag'lub bo'ldi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda u imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
07 iyu 22:39:03
.Sherzod.
Parij olimpiadasida erkin kurashda 74 kg da oltin olish imkoniyatimiz juda katta
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing