15 sen 14:20
Yangiliklar
Futbol

"Real" 100 mln evrolik transferni amalga oshirishga tayyor
Italiyaning "Napoli" klubi yarim himoyachisi Fabian Ruis "Real"ga o'tishi mumkin.
"Qaymoqranglilar" 23 yoshli ispaniyalik futbolchini ikkinchi yili kuzatishmoqda, ammo ular hozir uni xarid qilish uchun birinchi qadamni tashlashdi. "Real" Ruis "Napoli" bilan shartnomasida ko'rsatilgan 100 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor.
"Qirollik klubi" shuningdek bitim xavbek Luka Modrichni ham qo'shishga tayyor. Ruis o'tgan mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar