03 okt 09:03
Yangiliklar
Futbol

"Real" 11 yillik antirekordni takrorladi
Kecha oqshom o'tkazilgan Evropa chempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan CSKA - "Real" uchrashuvi Madrid klubi 0:1 hisobida yutqazdi.
Qizig'i, "Real" barcha musobaqalar doirasida ketma-ket uchta o'yindan beri raqiblar darvozasiga gol ura olmayapti. Bunday holat so'nggi bor 2007 yilning 11 yanvarida kuzatilgan.
Ayni paytda madridliklar safida o'sha mavsumdagi tarkibdan qolgan yagona o'yinchi - Serxio Ramosdir. Lekin kechagi o'yinda Ramos ishtirok etmadi.
Yana bir jihat, CSKA "Real"ning ECHLda ketma-ket 29ta o'yinlik golli seriyasiga ham barham berdi.
Havola :
Fikrlar