22 may 06:49
Yangiliklar
Futbol

"Real" 5 yildan so'ng nihoyat Ispaniya chempioni, 33 karra!
Ispaniya chempionatining 38-turida "Malaga" jamoasi mehmoni bo'lgan Madridning "Real" klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema tomonidan kiritilgan ikki gol "Qirollik klubi"ga 5 yillik tanaffusdan so'ng Ispaniya chempionligini taqdim etdi. "Real" o'z tarixida 33-marotaba mamlakat chempioni bo'ldi.
Malaga – Real Madrid 0:2
La Rosaleda stadioni
Gollar: 0:1 – 2 Ronaldu, 0:2 – 55 Benzema.
Malaga – Kameni, Vilyanueva, Rikka, Torres, Ernandes, Resio, Kamacho, Fornals, Keko (CHori Kastro, 60), Xoni Rodriges (Duda, 72), Sandro Ramires (SHarles, 69).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Isko (Xames, 66), Kazemiro (Kovachich, 66), Kroos, Modrich, Ronaldu, Benzema (Morata, 73).
Ogohlantirishlar: Kameni (56), Xoni Rodriges (57).
Havola :
Fikrlar