16 may 17:41
Yangiliklar
Futbol

"Real" Allegri bilan muzokaralarni boshlab yubordi
"Real"ning yangi bosh murabbiyi Massimilano Allegri bo'lishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" vakillari italiyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ayni damda ishsiz yurgani uchun "Real" mutaxassis uchun tovon puli to'lamaydi.
2018 yili "Real" Allegri bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilib ko'rgan, ammo o'shanda murabbiyning "Yuventus" bilan shartnomasi amalda edi.
53 yoshli Allegri faoliyati davomida 6 marta A Seriya chempioni bo'lgan.
Havola :
Manba : Goal.com
Fikrlar