01 iyu 11:14
Yangiliklar
Futbol

"Real" Anchelottini bosh murabbiylikka qaytarmoqchi
Madridning "Real" klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy izlash harakatiga tushgan.
Manbaning xabariga ko'ra, "Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
27 mayda Zinedin Zidanning bosh murabbiylikdan ketishi malum bo'lgandi. "Real" 2020/21 yilgi mavsum La Ligada ikkinchi o'rinni egalladi.
Anchelotti "Qirollik klubi"da 2013-2015 yillar davomida ishlagan. "Real" uning qo'l ostida Ispaniya Kubogi, CHempionlar Ligasi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.
Havola :
Fikrlar