14 iyu 12:02
Yangiliklar
Futbol
"Real" Asensioga yangi shartnoma taklif qilmaydi
"Real" yarim himoyachi Marko Asensioga shartnomani uzaytirishni taklif qilmaydi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi yana bir yilga amal qiladi. Madrid klubi o'yinchining ushbu yozda jamoadan ketish ehtimoli past deb hisoblamoqda. Asensioning o'zi "Real"dan ketmoqchi emas.
Futbolchi "Real"ga 2015 yilning iyulida o'tgan edi. U o'tgan mavsum "qirollik klubi" safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Transfermarkt forvardni 40 million evroga baholamoqda.
Havola :
Fikrlar