20 noy 07:35
Yangiliklar

“Real” “Atletiko” maydonida yirik g'alabaga erishdi, “Barselona” ochko yo'qotdi
Turning markaziy bahsida “Real” klubi hamshahri “Atletiko” mehmoni bo'ldi. Madrid derbisida mehmon maqomida harakat qilgan “Real” mezbonlar darvozasiga javobsiz uchta gol kiritdi. Uchchala gol ham Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Real” eng yaqin taqibchisi “Barselona”dan to'rt ochkoga o'zib ketdi. Boisi, kataloniyaliklar o'z maydonlarida “Malaga” klubini enga olishmadi. Vaholanki, “Malaga” o'yinni 9 kishi bo'lib yakunlagan edi.
Ispaniya chempionati, 12-tur.
BARSELONA – MALAGA 0:0 (0:0, 0:0)
“Kamp Nou” stadioni
“Barselona” – ter Stegen, Maskerano, Pike, Din (Alba, 62), Suares (Andre Gomesh, 68), Serdji Roberto, Rafinya (Rakitich, 77), Buskets, Turan, Neymar, Pako Alkaser.
“Malaga” – Kameni, Torres, Lorente, Rikka, Vilyanueva, Fornals (Duda, 90), Xuan Karlos, Anor, Ontiveros (Luis, 69), Rosales, Sandro Ramires (En-Nesiri, 81).
Ogohlantirishlar: Rikka (22), Ontiveros (62).
CHetlatishlar: Lorente (68), Xuan Karlos (90).
EYBAR – SELTA 1:0 (1:0, 0:0)
“Munisipal de Ipurua” stadioni
Gol: 1:0 – 9 Riko.
“Eybar” – Riesgo, Ramis (Galves, 83), Luna, Arbilya, Lejen, Riko, Dani Garsiya, Gonsales, Leon (Eskalante, 71), Inui (Penya, 64), Enrik.
“Selta” – Blanko, Fontas, Ronkalya, Planas (Gvidetti, 74), Gomes, Vass (Ernandes, 53), Radoya, Bongonda, Malo, Rossi, Xosep Sene (Sisto, 67).
Ogohlantirishlar: Bongonda (30), Penya (75), Ramis (79), Ronkalya (86), Blanko (86), Ernandes (90), Malo (90).
CHetlatishlar: Alvares (90), Malo (90).
ATLETIKO – REAL MADRID 0:3 (0:1, 0:2)
“Visente Kalderon” stadioni
Gollar: 0:1 – 23 Ronaldu, 0:2 – 71, penalti Ronaldu, 0:3 – 77 Ronaldu.
“Atletiko” – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Gabi (Korrea, 62), Koke, Ferreyra Karrasko, Saul, Grizmann, Torres (Gameyro, 62).
“Real Madrid” – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Isko (Benzema, 79), Kovachich, Vaskes (Asensio, 86), Modrich, Beyl, Ronaldu (Xames, 83).
Ogohlantirishlar: Gabi (26), Koke (63), Ronaldu (63), Godin (71), Vaskes (78), Korrea (84).
Fikrlar