29 may 16:36
Yangiliklar
Futbol

"Real" Azarning taqdimotini 3 iyunda o'tkazadi
Londonning "CHelsi" klubi hujumchisi Eden Azar "Real"ga o'tishga juda ham yaqin turibdi.
28 yoshli belgiyalik futbolchi keyingi hafta "Real" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, taqdimot 3 iyunda o'tkaziladi.
"CHelsi" futbolchini 115 million funt sterlingga sotishga rozi bo'lgan. Azar 4 yillik shartnoma va haftasiga 400 ming funt maosh olish haqidagi bitimga imzo chekadi.
Malumot uchun, Azar joriy mavsum Premer-ligada 37 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol kiritgan hamda 15 ta golga hammualliflik qilgan.
Havola :
Fikrlar