24 okt 23:04
Yangiliklar
Futbol

"Real" "Barselona" ustidan ketma-ket 4-bor g'alaba qozondi. Bu 1960-yillardan buyon eng uzun seriya
"Barselona" Ispaniya chempionatining 10-turida o'z maydonida Madridning "Real" klubiga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Kataloniyaliklar 2019 yil mart oyidan buyon "klasiko"da g'alaba qozona olishmayapti. O'shandan beri ular ketma-ket bitta durang va to'rtta mag'lubiyat qayd etishgan.
"Barsa" ustidan ketma-ket to'rtta g'alaba - bu Madrid klubining 1960-yillardan buyon eng uzoq davom etgan seriyasi hisoblanadi. 1962 yildan 1965 yilgacha "Real Madrid" ketma-ket etti marta g'alaba qozongan.
La Liganing ikkinchi davrasida jamoalar 2022 yilning 20 mart sanasida uchrashadi.
Havola :
Fikrlar