18 apr 13:19
Yangiliklar
Futbol

"Real" "Barselona"ni tabrikladi
Tunda "Barselona" Ispaniya Kubogi finalida "Atletik"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Kataloniya klubining sovrin qo'lga kiritgani borasida "Real" tvitterida bunga munosabat bildirildi.
"Barselona"ni va klubning muxlislarini Ispaniya Kubogi finalidagi haqli g'alaba bilan tabriklaymiz", - deb yoziladi "Real" tvitterida.
Ayni damda "Real" hamda "Barselona" mamlakat chempionligi uchun "Atletiko" bilan jiddiy kurash olib bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar