21 fev 08:26
Yangiliklar
Futbol

"Real" Benzemaga yangi shartnoma taklif qildi
Franciyalik futbolchi 2023 yilga qadar "Santyago Bernabeu"da qoladi.
"Le Parisien" nashri xabariga ko'ra, "Real" forvardi Karim Benzema klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. "Qaymoqranglilar" rahbariyati 31 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasini (2021 yilga qadar mo'lajallangan) yana 2 yilga uzaytirib, o'zaro hamkorlikni 2023 yilga qadar davom ettirmoqchi.
Malumot uchun, La Liganing joriy mavsumida 23 ta o'yinda maydonga tushgan Benzema o'z hisobiga 13 gol, 6ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan.
Havola :
Fikrlar