15 apr 13:05
Yangiliklar
Futbol

"Real" bugungi o'yin uchun qaydnomani elon qildi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Leganes"ga qarshi La Liganing 32-tur uchrashuvi uchun qaydnomani elon qildi.
Sog'ligi bilan muammolar tufayli Tibo Kurtua, Serxio Ramos, Toni Kroos va Vinisius Junior uchrashuvda ishtirok etmaydi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, Serxio Regilon, Braim Dias va Mariano Dias tarkibga kiritilmadi.
Darvozabonlar: Navas, Luka Zidan, Altube.
Himoyachilar: Karvaxal, Valexo, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola.
Yarim himoyachilar: Modrich, Kasemiro, Valverde, Lorente, Asensio, Isko, Sebalos.
Hujumchilar: Benzema, Beyl, Vaskes.
Malumot uchun, "Leganes" - "Real" uchrashuvi bugun, 15 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar