04 apr 12:41
Yangiliklar
Futbol

"Real" Franciya chempionatidagi futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Lill" yarim himoyachisi Bubakari Sumare Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Ispaniya klubi yozda jamoaning o'rta chizig'ini kuchaytirmoqchi va yosh xavbekni xarid qilishga harakat qilib ko'radi.
Franciyalik futbolchiga shuningdek "Liverpul" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Sumarening "Lill" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.
21 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoasi safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar