08 jan 09:26
Yangiliklar
Futbol

"Real" g'alabani qo'ldan chiqardi, "Barselona" bilan 16 ochkoga etdi
Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida Vigoning "Selta" klubi o'z maydonida Madridning "Real" jamoasini qabul qildi.
"Qirollik klubi" tarkibida Garet Beyl 2 daqiqa oralig'ida dublga erishdi. 82-daqiqada esa Maksi Lopes tomonidan kiritilgan gol "Real"ni g'alabadan mahrum qildi. Endi peshqadam "Barselona" va 4-o'rindagi "Real" o'rtasidagi ochko tafovuti 16taga etdi.
Selta – Real Madrid 2:2
Gollar: 1:0 – 33 Vass, 1:1 – 36 Beyl, 1:2 – 38 Beyl, 2:2 – 82 Maksi Gomes.
Selta: Blanko, Ronkalya, Kastro, Malo, Kabral, Vass (Xosabed, 90), Radoya (Lobotka, 73), Ernandes, Sisto (Mor, 73), Aspas, Maksi Gomes.
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Nacho, Isko (Kovachich, 77), Kazemiro, Kroos, Modrich (Vaskes, 76), Beyl (Asensio, 84), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Malo (67), Navas (71), Aspas (88).
Havola :
Fikrlar