25 dek 16:16
Yangiliklar
Futbol

"Real" hujumchi sotib olishga yaqin turibdi
Madridning "Real" klubi rahbariyati tez orada "Valensiya" hujumchisi Rafael Mirni sotib olishi mumkin.
"Qirollik klubi"dagilar 20 yoshli futbolchini avval "Kastilya"ga (yoshlar jamoasi) o'tkazishmoqchi. Ayni damda "Valensiya"ning ikkinchi jamoasida to'p tepayotgan Mir ispan futbolining istiqbolli futbolchilaridan hisoblanadi.
Mir va "ko'rshapalaklar" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozigacha amalda va u shartnomani uzaytirmoqchi emas. Oldinroq bu haqda "Valensiya" sport direktori Mateo Alemani ham aytgan edi.
Havola :
Fikrlar