28 fev 13:29
Yangiliklar
Futbol

"Real" Kazemiroga o'rinbosar topdi
"Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Parti klubini o'zgartirishi mumkin.
"Real" 26 yoshli xavbekning transferini yozda amalga oshirish haqida o'ylamoqda. "Qaymoqranglilar" Partiga Kazemironing o'rinbosari sifatida qarashmoqda.
Ganalik xavbek joriy mavsum "Atletiko" safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishdi.
Bundan avvalroq "Arsenal" futbolchi uchun 50 million evro to'lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar yangragan edi.
Eslatib o'tamiz, Parti "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2016 yildan beri Gana terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar