17 mar 13:19
Yangiliklar
Futbol

"Real" Kazemiroga o'rinbosar topdi
Madrid klubi yozgi transferlar haqida o'ylamoqda.
"Real" markazda Kazemironing to'laqonli o'rinbosari bo'la oladigan tayanch yarim himoyachisini xarid qilmoqchi.
"Qaymoqranglilar" "Valensiya" xavbeki Joffre Kondogbiya bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Real" futbolchining transferi uchun 40 million evroni ayamaydi. Eslatib o'tamiz, Kondogbiyaga "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsum La Ligada 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar