11 iyu 11:19
Yangiliklar
Futbol

"Real" La Liga o'yinlarini "Atletiko" stadionida o'tkazishdan bosh tortdi
Xabaringiz bor, ayni paytda "qirollik klubi"ning uy stadioni bo'lmish "Santyago Bernabeu" tamirlanmoqda. Klub mavsumning qolgan o'yinlarini Valdebabasdagi "Estadio Alfredo Di Stefano" o'quv-mashg'ulot bazasida o'tkazishni rejalashtirpti.
Ispaniya chempionati bahslariga muxlislar tashrifini cheklamaslik haqidagi gap-so'zlar fonida "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso qo'shnilarini "Vanda Metropolitano"da o'z o'yinlarini o'tkazish uchun taklif qilmoqchi edi.
"Real" bunday variantni ko'rib ham chiqmaydi, aksincha, darhol rad qiladi, deb xabar berdi ESPN.
Marca esa "qaymoqranglilar" Di Stefano nomi berilgan o'yingohda mavsumni yakunlab qo'yishini takidladi. Bundan tashqari, stadionlarga muxlislarning tashrifiga ruxsat berilgan taqdirda ham "Real" tomoshabinlarni arenaga kiritmaydi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar