11 mar 13:52
Yangiliklar
Futbol

"Real" - LaLiganing eng ko'p penalti tepgan klubi
Kecha, 10 mart kuni "Real" mehmonda "Valyadolid"ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
"Qaymoqranglilar"ning ikkinchi golini hujumchi Karim Benzema penaltidan urdi. Mezbonlar himoyachisi Oskar Plano o'z jarima maydonchasida qo'pol o'ynagani uchun, ularning darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.
Malumotlarga ko'ra, "Real" joriy mavsum Ispaniya chempionatida to'qqizinchi marta penalti tepdi. LaLigada ulardan ko'p 11 metrlik jarima to'p tepgan jamoa yo'q. Ushbu jarima zarbalarining barchasi golga aylantirilgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar