So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

23 may 15:44
Yangiliklar

Futbol

“Real Madrid” akademiyasi menejerlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Teglar :  Real
Kecha yurtimizga Ispaniyaning “Qirollik klubi” akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo tashrif buyurganligi haqida xabar bergan edik.

Mehmonlar kecha va bugun Toshkentning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirishdi, bir qator sport tadbirlarimizda ishtirok etishdi, “Bunyodkor” stadioni va futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishishdi. Jumladan, “Bunyodkor” stadionida Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida qatnashishdi.



Andres Antonio jurnalistlarga javob qaytarar ekan, tashrifdan ko'zlangan maqsad O'zbekistn futbol associaciyasi bilan yaqin hamkorlik qilish, “Qirollik klubi”ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida “Real Madrid”da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish, bir so'z bilan aytganda, 115 yillik tarixsha ega “Real Madrid” akademiyasi dasturlari orqali O'zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirishga hissa qo'shish ekanligini takidladi.



Uning aytishicha, bu bo'yicha birinchi qadam shu yilning iyun oyida Toshkentda tashlanadi. “Real Madrid” akademiyasining tajribali uch nafar murabbiyi Toshkentga safarbar etiladi, ular 30 nafar o'zbekistonlik bolalar murabbiylari hamrohligida 300 nafar istedodli yosh futbolchilarga o'zlarining uslubiyati bo'yicha mashg'ulotlar olib borishadi. O'z o'rnida, saralangan 40 nafar o'zbekistonlik yosh futbolchilar Ispaniyaga safar uyushtirish, jahonning mashhur futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishadi. “Real” klubining rasmiy o'yinlari tig'iz ekanligidan kelib chiqib, kelgusida “Real” klubida to'p surgan sobiq yulduzlarni O'zbekistonga tashrifini taminlash imkoniyati borligini ham gapirib o'tdi.


Tadbir so'nggida O'zPFL bosh direktori “Real Madrid” akademiyasidan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun O'FA tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinishi, asosiy maqsad “Qirollik klubi” akademiyasi ish tajribasini o'rganish, u erda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida tegishli maslahatlar olish ekanini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing