29 iyu 07:12
Yangiliklar
Futbol

"Real Madrid" Kataloniyada g'alaba qozondi va "Barselona"ni quvib o'tdi
Ispaniya chempionati 32-turidan o'rin olgan "Espanol" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Qirollik klubi" safarda qiyin ammo muhim g'alabani qo'lga kiritdi va "Barselona"dan ikki ochko oldinga o'tib oldi. Yagona gol uchrashuvning 45-daqiqasida Kazemiro tomonidan kiritildi.
"Espanol" - "Real Madrid" 0:1
Gol: 0:1 – 45 Kazemiro.
"Espanol" – Diego Lopes, Kabrera, Viktor Gomes, Espinosa, David Lopes (Losano, 84), Embarba (Kaleri, 69), Darder (Melamed, 69), U Ley (Melendo, 57), Roka, Didak Vila (Pedrosa, 46), de Tomas.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Varan, Marselo, Ramos, Kazemiro, Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Valverde, Azar (Vinisius Junior, 63), Benzema.
Ogohlantirishlar: Pedrosa (68), Vinisius Junior (87).
Havola :
Fikrlar