21 sen 07:35
Yangiliklar

"Real Madrid" mavsumning ilk o'yinidayoq ochko yo'qotdi
"Qirollik klubi" "Reale Arena"da kechgan o'yinda durangga rozi bo'ldi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Bu "Real"ning chempionatdagi ilk o'yini edi. "Real Madrid" va "Real Sosedad" 2002 yildan buyon ilk bor birorta gol ura olishmadi.
Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan shogirdlarining 1-turdan o'rin olgan "Xetafe"ga qarshi bahslari boshqa muddatga ko'chirilgan edi.
La Liga. 2-tur
Real Sosedad – Real Madrid 0:0 (0:0, 0:0)
"Reale Arena"
Real Sosedad – Remiro, Gorosabel, Elustondo, Le Norman, Munos, Portu, Gevara (Urko Gonsales, 89), Merino, Barrenechea (Bautista, 75), Oyarsabal (Yanuzay, 74), Isak (Silva, 63).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Modrich (Valverde, 70), Kroos, Rodrigo (Marvin, 70), Edegor (Kazemiro, 69), Vinisius Junior (Arribas, 90), Benzema.
Ogohlantirishlar: Barrenechea (24), Mendi (29), Munos (33), Karvaxal (83).
Fikrlar