15 mar 18:02
Yangiliklar
Futbol

Real Madrid MYU futbolchisi uchun 80 million evro to'lashi mumkin
Real Madrid MYUning 19 yoshli yarim himoyachisi Kobbi Maynuga qiziqish bildirmoqda.
«Qizil iblislar» futbolchini 80 million evroga sotishga tayyor. O'z navbatida «Qirollik klubi» ham ushbu summaga yosh iqtidor sohibini sotib olishga qarshi emas.
Avvalroq, MYU yarim himoyachi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmagandi. SHundan so'ng Manchester jamoasi futbolchini sotishga qaror qilgandi. Joriy mavsum Kobbi Maynu 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar