06 mar 14:18
Yangiliklar
Futbol

“Real” o'z antirekordini takrorladi
Kecha Madrid klubi ECHLning 1/8 finali javob o'yinida “Ayaks”ga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi.
Madridliklar o'z maydonida o'tgan so'nggi 4 ta uchrashuvda ketma-ket mag'lubiyatga uchradi. Bunday holat “Real” bilan so'nggi 15 yil ichida ilk marta ro'y berdi. Jamoa 2003/04 yilgi mavsumda ham shunday holatga tushgandi. O'shanda klub “Osasuna”, “Barselona”, “Malorka” va “Real Sosedad”ga o'z maydonida mag'lub bo'lgandi.
Joriy mavsum esa klub “Ayaks”ga qadar o'z maydonida “Jirona”ga 1 bor, “Barselona”ga esa 2 marta mag'lub bo'lishga ulgurgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar