03 noy 03:22
Yangiliklar
"Real" o'z uyida durang o'ynab, peshqadam bo'lish imkoniyatini qo'ldan chiqardi
“Santyago Bernabeu” stadionida o'tgan bahsda “Real” “Betis”ni mag'lub eta olmadi. Uchrashuvda nursiz durang natija qayd etildi. Zinedin Zidan shogirdlari so'nggi 5 ta o'yinning 3 tasida ochko yo'qotishdi.
“Qirollik klubi” navbatdagi ochko yo'qotishdan so'ng “Barselona”ni quvib o'tish imkoniyatini yo'qqa chiqardi. Ayni paytda “Barselona” va “Real” klublari hisobida 22 tadan ochko bor.
Real — Betis 0:0
Real: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Modrich, Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Vinisius, 65), Benzema (Yovich, 83), Azar
Betis: Robles, Feddal, Sidney, Mandi, Emerson, Bartra, Guardado, Moreno (Barragan, 90+4), Fekir (Guterres, 90+6), Kanales, Moron (Iglesias, 74)
Ogohlantirishlar: Kazemiro, Mendi — Bartra, Robles, Feddal, Guardado
Fikrlar