15 noy 15:17
Yangiliklar
"Real" prezidenti Mbappedan norozi
"Real" prezidenti Florentino Peres yozda "galaktikos" safiga qo'shilgan franciyalik hujumchi Kilian Mbappening hozirgi holatidan nolimoqda.
Peres franciyalik futbolchining Krishtianu Ronaldu davridagidek maydonda jamoa etakchisi emasligidan xursand emas, chunki "Real" Mbappeni portugaliyalik hujumchining vorisi sifatida ko'rgandi.
Qayd etilishicha, Florentino Peres "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan so'nggi suhbatida futbolchidan noroziligini bildirib, Kilian Mbappe tezroq jamoa etakchisiga aylanishi kerakligini aytgan.
Mbappe joriy mavsum "Real" safida 16 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : Relevo
Fikrlar