08 dek 15:16
Yangiliklar
Futbol
"Real" prezidenti Mbappeni tabrikladi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Jirona" (3:0) bilan o'yindan so'ng Kilian Mbappega murojaat qildi.
Francuz hujumchisi "Jirona"ga uchinchi golni urdi. Peres o'yindan so'ng jamoaning kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi va Mbappeni tabrikladi.
25 yoshli forvard barcha musobaqalarda Karlo Anchelotti jamoasi safida 21 ta o'yinda 11 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe "Qirollik klubi" safida shu yozda PSJdan erkin agent maqomida o'tgan edi.
Havola :
Fikrlar