23 may 13:28
Yangiliklar
Futbol

"Real" prezidenti Zidanni jahonning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblaydi
"Real" prezidenti Florentino Peres LaLigadagi muvaffaqiyatdan so'ng jamoa futbolchi va murabbiylarini maqtadi.
"Zidan - "Real" tarixidagi ramzlardan biri. Hammasi uchun rahmat. Sen jahonning eng yaxshi futbolchisi eding, endi eng yaxshi murabbiyiga aylanding. Biz dunyoning eng qiyin ligasida g'alabaga erishdik. Bu futbolchilar klub tarixiga aylanishdi. Jamoada atmosfera ajoyib.
Biz 4 iyun kuni yana bir bor yig'ilishni niyat qilganmiz. Murabbiy va futbolchilar CHempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishiga ishonaman" - deydi Peres.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar