12 noy 14:02
Yangiliklar
Futbol

"Real" qishda katta transferlarni amalga oshirmoqchi
"Real" qishki transferlar oynasida bir necha xaridlar imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Madridliklarning bosh transfer maqsadi "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xoland hisoblanadi. "Real" o'yinchi uchun 75 mln evro, shuningdek Luka Yovichning ikki yillik ijarasini taklif qilishi mumkin.
"Real" shuningdek "Renn" o'yinchisi Eduardo Kamavingganing xizmatlariga qiziqmoqda. "Qirollik klubi" "Renn"ga 50 mln evroni taklif qilib, bitimga shuningdek Mariano Diasni qo'shishi mumkin.
Xoland "Borussiya"ga "RB Zalcburg"dan 20 mln evro evaziga o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum Germaniya chempionatida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Kamavinga esa Franciya chempionatida 8 ta o'yinda 1 ta gol urishga erishgan.
Havola :
Fikrlar