17 okt 17:48
Yangiliklar
Futbol
"Real" qishda yangi futbolchilar sotib oladimi? Mourinyu javob berdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoaning hozirgi tarkibidan mamnun ekanini va qishki transfer oynasida yangi futbolchilar sotib olishni so'rash niyatida emasligini malum qildi.
— Men yangi xaridlarni so'ramayman, men baxtiyorman. Futbolchilar, ayniqsa bizda vaqt va hordiq chiqarish imkoniyati bo'lganida, o'sishga erishmoqda. Mening vazifam — ularning rivojlanishiga yordam berish. Men rahbariyat oldiga borib, yangi o'yinchilar so'raydigan murabbiylar toifasidan emasman. Kichikroq tarkib bilan ishlashni afzal ko'raman.
Agar rahbariyat nimanidir ko'rib chiqsa, biz buni baholaymiz, lekin o'zim futbolchi so'rash tashabbusi bilan chiqmayman. Men hech qanday yangi futbolchilarni xohlamayman, — dedi Mourinyu Sport.es nashriga.

Havola :
Fikrlar