So’nggi yangiliklar

19:16Octagon League Тошкентда яна турнир ўтказади. Бу сафар Достон Бозоровни ҳам кўрамиз (ПОСТЕР) 0 18:55Ҳумоюн Тўхтамуродов ҳам "Ҳумо Арена"да жанг қилади (ВИДЕО) 0 18:34Ошпаз ва официантликдан футболга. Боаке ҳақида 7 қизиқарли факт 0 18:13Усман 30 ойга дисквалификация қилинди 0 17:52Дана Уайт Жонс ва Перейра ўртасидаги жангни ташкил этиш шартини айтди 0 17:49Ўзбек спорти халқаро эътироф марказида: Европа нашрлари баҳоси 0 17:31Махачевми ёки Топурия? — Пимблетт энг яхши P4P жангчисини айтди 0 17:10Равшан Ҳайдаров: "Футболчиларимиз жанговар ҳолатда" 0 16:4918 ёшли Мирра Андреева фаолиятидаги бешинчи WTA финалига чиқди 0 16:28Нурмагомедов Россия MMAси тарихидаги Топ-5 жангчиларни айтди 0 16:07"Ёқмаса, кўрманглар!" — Уайт танқидчиларга жавоб қайтарди 0 15:46Европа терма жамоаси афсонаси "Тоттенхэм" мураббийига айланди 0 15:25Тошкентда ён қўшниларимиз иштирокида қўшма машғулот ўтказиляпти + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:04Нурмагомедов UFC'даги кейинги жангини асли афғонистонлик спортчига қарши ўтказади 0 14:43Жошуа ҳалокатли ЙТҲдан сўнг машғулотга қайтди (ВИДЕО) 0

24 dek 12:10
Yangiliklar

Boks/MMA, Futbol

“Real” rahbariyati SHahram G'iyosov bilan aloqaga chiqdi

Teglar :  BoksG'iyosovRonaldu
Boks bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgan SHahram G'iyosovga “Real” vakillari minnatdorchilik izhor qilishdi.

Bu haqda bokschi News Arena gazetasiga bergan intervyusida takidlab o'tgan.

Tadbirkor Bekzod Ortiqov gazetaning 15 dekabr kuni chop etilgan sonida SHahram G'iyosovga murojaat qilib, Krishtianu Ronalduning gol nishonlash uslubidan foydalanishi unga futbolchining o'zi bilan suhbatlashish imkonini bergani yoki yo'qligiga qiziqqan.

“SHaxsan Ronaldu bilan suhbatlashishning imkoni bo'lmadi. Madridning “Real” klubi vakillari aloqaga chiqishdi”, - deb aytib o'tgan SHahram G'iyosov.

“Jamoamiz azosiga tegishli uslubni eng nufuzli musobaqa - Olimpiadada qo'llab, bizga bo'lgan hurmatingni namoyish etding. Bundan juda baxtiyormiz. O'ylaymizki, sen bilan uchrashish nasib etadi. Bu yo'lda imkoniyatni ishga solamiz”, - deb “Real” tomoni G'iyosovga minnatdorchilik bildirgan.

SHahram G'iyosov, shuningdek, futbolni yaxshi o'ynay olishiga oydinlik kiritgan.

Bokschi savolga javobida “Real”dan kim va qachon aloqaga chiqqaniga oydinlik kiritmagan. “Real” tomonidan bildirilgan fikrlar telefon orqali suhbatda aytilganmi yoki matkub sifatida yozilganmi malumot berilmagan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing