21 avg 09:05
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/17816_220.jpg)
"Real" "Riasor"da "Deportivo"ni yirik hisobda engdi
Ispaniya chempionatining 1-turida amaldagi chempion "Real" safarda "Deportivo" mehmoni bo'ldi.
Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real" o'zining g'alabali seriyasini "Riasor"da ham davom ettirdi. La Liganing ilk turida "Deportivo" mehmoni bo'lgan "Qirollik klubi" raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p yo'lladi.
Beyl, Kazemiro va Kroos tomonidan kiritilgan gollar yakunda madridliklarga yirik g'alabani taqdim etdi. Keylor Navas uchrashuv so'nggida belgilangan penaltini ham qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Deportivo – Real Madrid 0:3
Gollar: 0:1 – 20 Beyl, 0:2 – 27 Kazemiro, 0:3 - 62 Kroos.
Deportivo – Martines, SHer, Luizinyu, Xuanfran, Sidney, Gilerme, Moskera, Kartabiya (Borxa Vale, 79), Borxes (Adrian, 65), Bakkali (Gama, 54), Andone.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko (Asensio, 66), Kazemiro (Markos Lorente, 72), Kroos, Modrich, Beyl (Vaskes, 80), Benzema.
Ogohlantirishlar: Bakkali (24), SHer (53), Ramos (53), Modrich (57), Kartabiya (60), Moskera (84), Andone (87).
CHetlatish: Ramos (90).
Havola :
Fikrlar