19 sen 09:55
Yangiliklar

“Real” Ronaldu va Beylsiz ham g'alabaga erishdi
“Qirollik klubi” Kataloniyada “Espanol”ni jamoa etakchilari – Krishtianu Ronaldu va Garet Beylsiz ham mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Kiritilgan gollarga Xames Rodriges va Karim Benzema mualliflik qilishdi. Ushba g'alabadan so'ng “Real” yuz foizlik natija - 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. “Barselona” 9 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan.
ESPANOL – REAL MADRID 0:2 (0:1, 0:1)
“Kornelya El Prat” stadioni
Gollar: 0:1 – 45 Xames, 0:2 – 71 Benzema.
“Espanol” – Lopes, Sanches, Lopes, Duarte, Mark Roka (Reyes, 83), Diop, Peres, Lopes Silva, Pyatti (Vaskes, 10), Baptistao, Moreno (Kaysedo, 66).
“Real Madrid” – Kasilya, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Xames (Isko, 62), Kazemiro (Kroos, 19), Asensio, Modrich, Vaskes, Benzema (Morata, 72).
Ogohlantirishlar: Ramos (3), Peres (21), Duarte (44), Diop (54), Lopes (64), Karvaxal (84).
Fikrlar